TRAVERTINE EFFECT

fasad qoplamasi

TRAVERTINE EFFECT

Travertin tosh va TRAVERTINE EFFECT farqi

 

Travertin-italyancha «travertino» so’zidan olingan bo’lib, kalsiy karbonat minerallari, karbonat angidrid manbalarining ohaktosh konlaridan hosil bo’lgan polikristalli bir jinsli toshdir. Maestro TRAVERTINE EFFECT travertin tabiiy tosh qoplamasiga taqlid bo’lib, ko’rinish jihatidan juda o’xshash fakturalar chiqarish mumkin.

Yuqori namlik va sovuqqa chidamli

 

TRAVERTINE EFFECT bilan qoplangan har qanday yuza o’zidan namlikni o’tkazmaydi. havo haroratining yuqori darajada sovuqligi va issiqligiga ham chidamli, TRAVETINE EFFECT qoplamasi namlik ta’sirida o’z sifatini yo’qotmaydi va har qanday iflosliklardan oson tozalanadi.

 

TRAVERTINE EFFECT tarkibida zaharli moddalar mavjud emas. Mutlaqo xavfsiz va ekologik toza. U xatto radioaktiv elementlarning eng kichik qismini ham o’z ichiga olmaydi. Shuning uchun har qanday yuzaga istalgancha qo’llanishi mumkin.

“TRAVERTINE EFFECT”
– yuqori sifatli, binolar tashqi yuzalari qoplamasi.

 

Mahsulot haqida:
Akrillik polimer asosli tabiiy, ishlatish uchun tayyor bo’lgan qoplama. Travertin tabiiy tosh qoplamasiga taqlid bo’lib, ko’rinish xususiyatlari bo’yicha juda o’xshash fakturalar chiqarish mumkin. Yengil va oddiy yo’l bilan suriladi.

 

Xususiyatlari:
Dekorativ va ximoyalovchi vazifalarni ta’minlaydi. Mexanik jixatdan yuqori darajada pishiq qilib ishlangan. Atmosfera tasirlariga, issiq va sovuqlikka chidamli va ekologik jihatdan toza. Devor yuzasidagi eng kichik tirqichlar va buzilgan joylarini xam qoplab oladi. Ishqorli moddalar tasiriga yuqori darajada chidamlikka ega. Devorni ishqalab yuvish xam mumkin.

 

Ishlatish joylari:
Binolarning tashqi va ichki yuzalarining pardozi, sement suvoq, beton, gipsli suvoqlar, DSP, DVP, faner, gipsokarton kabi yuzalarga ishlatish mumkin.

Ishlatish uchun yo’riqnoma:
Devor yuzasiga suvoqni surishdan oldin, yuzani chang va iflos narsalardan tozalanadi. Yuza tekis bo’lishligi, sezilarli notekisliklar bo’lmasligi kerak. Nihoyatda tekis bo’lishligi ham talab qilinmaydi. Yuzaga BASED PRIMER astar bo’yog’i 1:5 nisbatda suv aralashtirib suriladi. Qurish muddati 1,3 soat. So’ngra MAESTRO FINEST bo’yogi suriladi. Qurish muddati 4,5 soat. Yuzada xoxlagan o’lchamda, maxsus skoch yordamida terilgan tosh ko’rinishini xosil qilinadi. TRAVERTINE EFFECT zanglamaydigan temir andava bilan 1,2 mm qalinlikda suriladi va qattiq tolali shyotka bilan tartibsiz chuqurliklar xosil qilinadi. 1,2 soatdan keyin yuzani tekislab, kesilgan dag’al tosh yuzasiga o’xshash xolga kelgunicha andava blan tekislanadi. Keyin maxsus skochni olib tashlanadi. Qumqog’oz bilan jilolash tafsiya qilinadi. 24 soat quritiladi. So’ng MAESTRO AKRYLIC LAK suriladi.

 

Ogohlantirishlar:
Devor yuzasiga quyosh to’g’ridan to’gri tushib turganda, havo xarorati +5°С dan past bo’lganida va +45°С dan yuqori bo’lganida suvoqni surish mumkin emas. Ish jarayonida ko’zga suvoq tushib qolganida, ko’zni oqib turgan toza suv blan yuvish kerak.

 

Texnik tavsifnomalar:
Sariflanishi; devorga surilgan suvoq qatlamiga qarab xar 1м2 yuzaga 2kg va undan ortiq miqdorda ishlatiladi.

 

Devor bilan bog’lab turadigan negiz; Akrillik dispersiya
Xavfsizligi; yonmaydigan modda, insonlar va atrof muhitga zarar bermaydi.

AFZALLIKLARIMIZ

Mahsulotimizning yuqori sifati

MAESTRO brendi ostida mahsulot sifati uchun kalit-bizning jamoamizning har bir a’zosi yuqori sifatli xom ashyoni ishlatib, saqlash va etkazib berish jarayonlarini kuzatish uchun mas’uldir

Texnologiyamizni takomillashtirish

Sifatli texnologiya va uning nazorati, texnologiyalarimizning doimiy yangilanishi bizning bozorda raqobatbardoshligimizni kafolatlaydi. Bu, o’z navbatida, mijozlarimizga sifatli va arzon mahsulotlar taqdim etadi

Katta tanlov

Hozirgi vaqtda mahsulotimiz 25 dan ortiq rangda mavjud. Mijozlar buyurtmasi bo’yicha har qanday rangni tanlashimiz mumkin

Mahsulotni qo’llash texnologiyasi

Bizning mutaxassislar, bizning mahsulotlar ehtiyojlarini tejash, ularning qulaylik va chidamlilik oshirish uchun o’z texnologiyasini ishlab chiqildi

Har bir inson uchun alohida yondashuv

Bizning shiorimiz har bir mijozning ehtiyojlarini qondirish va maksimal foyda olishdir. Mahsulotlarimizdan foydalanish yoki sotishdan foyda olishingiz uchun xursandmiz

Mavjud narxlar

TRAVERTINE EFFECT-shunga o’xshash xususiyatlarga ega sirt qoplamalaridan arzonroq. Shu bilan birga, har doim foydalanish oson va arzon

BIZNING MAHSULOTLAR

OTTOCENTO

OTTOCENTO

Bino ichki yuzalari uchun yuqori sifatli tovlanuvchan, baxmal effektini beruvchi dekorativ bo’yoq.

Batafsil 01

GLAMOUR

GLAMOUR

Bino ichki yuzalari uchun yuqori sifatli tovlanuvchan dekorativ bo’yoq. (qumli effekt)

Batafsil 02

VENECIANO

VENECIANO

Bino ichki yuzalari uchun yuqori sifatli, marmar tosh effektini beruvchi dekorativ qoplama.

Batafsil 03

DECOBETON

DECOBETON

Bino ichki va tashqi yuzalari uchun yuqori sifatli, beton effektini beruvchi dekorativ qoplama.

Batafsil 04

EXCLUSIVE

EXCLUSIVE

Binolar tashqi yuzalari uchun yuqori sifatli yakunlovchi suvli bo’yoq.

Super yuviladigan

Batafsil 05

FINEST

FINEST

Binolar tashqi yuzalari uchun yuqori sifatli yakunlovchi suvli bo’yoq.

Yuviladigan

Batafsil 06

PREMIER

PREMIER

Binolar ichki yuzalari uchun
yuqori sifatli yakunlovchi bo’yoq.

Yuviladigan

Batafsil 07

FREEDOM

FREEDOM

Binolar tashqi yuzalari uchun, rang tayyorlash uchun mo’ljallangan suvli bo’yoq (bazoviy).

Yuviladigan

Batafsil 08

TRAVERTINE EFFECT

TRAVERTINE EFFECT

Tabiiy travertin tosh effektini beruvchi
yuqori sifatli dekorotiv qoplama.

Batafsil 09

TRAVERTIN LAK

TRAVERTIN LAK

Dekorativ qoplamalarni bezash va himoyalash uchun yuqori sifatli Travertin lak.

Batafsil 10

ACRYLIC LAK

ACRYLIC LAK

Dekorativ qoplamalarni bezash va himoyalash uchun yuqori sifatli akrilli lak.

Batafsil 11

Special plaster

Special plaster

Bino yuzalari uchun kuchaytirilgan maxsus shpatlevka.

Batafsil 12

ELEGANT

ELEGANT

Binolar tashqi yuzalari uchun yuqori sifatli, tayyor rangli suvli bo’yoq.

Yuviladigan

Batafsil 13

BASED PRIMER

BASED PRIMER

Bino yuzalariga xar qanday bo’yoqlardan oldin surtiladigan yuqori sifatli astar bo‘yoq.

Batafsil 14

Dilerlar uchun

Hamkorlikga tayyormiz

Biz hamkorlarimizni hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz va bir-qator afzalliklarni taqdim etamiz: keng assortiment, raqobatbardosh narx, uzoq saqlash muddati va hokazo… Barcha mahsulotlarimiz o’zimizning omborimizda va har doim zaxirada saqlaniladi.

SIFAT MUKAMMALIK ISHONCH