Har bir insonda uyimni ko’rinishini qanday qilib bezasam ekan degan savol tug’ilishligi tabiiy. Bino va inshootlarning jozibali ko’rinishi ko’p jihatdan sifatli mahsulotlar qo‘llanilishiga bog’liq.
Agar mukammal konstruksiyalar yordamida eng mustahkam bino qurilgan bo’lsayu uning yuzalari unga mos sifatni o’zida aks ettirib turmasa barchasi bekor. Shu sababdan, bizning “MAESTRO” lak-bo‘yoq kompaniyamizda hech qanday kamchiliklarsiz mukammal sifatga ega bo’lgan mahsulot yaratish istagi tug’ilgan va shu borada ancha izlanishlardan so‘ng mahsulotlar ishlab-chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan
MAESTRO kompaniyasiga 2017-yilda asos solingan bo‘lib, shu yilning
2-aprelida Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan.
Bugungi kunda 12 xil mahsulotlar turi mavjud bo‘lib, Toshkent shahrida yetakchi bo‘lgan 22ta savdo shahobchalari, O’zbekiston bo‘ylab 8 dan ortiq shaharlar bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
Maestro mahsulotlari sifatli va uzoq muddatli kafolatga ega. Kompaniyamiz sizga turli xil mahsulotlarni tanlashga imkon yaratadigan kataloglar taqdim etadi. Unda eng qaysar xaridor ham o’z didiga qarab osonlik bilan mahsulot topa oladi. «Maestro» kompaniyasi o’z sohasida haqiqiy lider!
MAESTRO kompaniyasining barcha mahsulotlari Turk tehnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, Evropa standartlari talabiga to‘laqonli javob beradi.
Mahsulotlar kafolatlangan, yuqori sifatli, ekologik toza.
Biz aniq bilamizki har birimiz zamonaviy dizayn, keng tanlov va mukammal sifatli mahsulotlarga munosibmiz. Toshkentda joylashgan “MAESTRO” lak-bo‘yoq kompaniyamiz bir necha yillardan buyon qo‘li gul ustalar va uy qurishni sevadigon samimiy xalqimizga xizmat ko‘rsatib keloyatganimizdan mamnunmiz.
Kelgusida O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mamlakatlari bozorlarida yetakchi bo‘lishlikni rejalashtirganmiz.
—
MAESTRO mahsulotlarini tanlash uchun 10ta sabab:
Biz sifat masalasida o‘ta mas’uliyat bilan yondashamiz. Shuning uchun MAESTRO kompaniyasining barcha mahsulotlari yuqori sifatli, ekologik toza xom ashyolardan tayyorlanadi.
–
Tehnologiyalarimizning doimiy yangilanib borishligi, zamon talabidagi sifatni taminlashimizni kafolatlaydi.
–
Xar bir mahsulotlar kafolatlangan. Agar nabodo mahsulotda kamchilik bo‘lib, obekt zarar ko‘rsa, zarar MAESTRO tomonidan qoplab beriladi.
–
Jamoa – Biz o‘z soha yo‘nalishini yaxshi biladigan, qadryatli, halol insonlarni ishga olamiz.
–
Vaqt – Bizda xar bir buyurtma o‘z vaqtida yetkazib beriladi.
–
Yetkazish – Buyurtmalar Toshkent shahri bo’ylab bepul yetkazib beriladi.
–
Maxfilik
–
Halollik – Biznesda baraka omillaridan biri halollik.
–
Har bir mijozga individual yondashuv.
–
Taraqqiyot – Biz mijozlarimiz va soha taraqqiyoti uchun, to‘xtovsiz bilim olib, o‘z ustimizda ishlab, yangiliklar kiritib, tajribalar qilib, doimiy rivojlanib boramiz.
MAESTRO brendi ostida chiqayotgan mahsulotlar sifatliligining siri, jamoamiz har bir a’zosining o’z ishiga ma’suliyat bilan yondashuvi, yuqori sifatli hom ashyolardan foydalanilishligi, saqlash va yetkazib berish jarayonlarining doimiy nazoratda bo’lishligidadir.
maestro
Yuqori sifatli texnologiya va uning nazorati, texnologiyalarimizning doimiy yangilanib borilishligi, bozorda raqobatbardoshliligimizni kafolatlaydi. Bu o’z navbatida mijozlarimizga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berishimizni ta’minlaydi.
maestro
Ayni paytda 12xildan ortiq mahsulotlarimiz mavjud bo’lib, mijozlar buyurtmasi asosida istalgan ranglar chiqarib berish imkoniyatiga egamiz.
maestro
Bosh direktor
Sotuv bo’limi direktori
Hududlararo savdo menedjeri
Savdo menedjeri